Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Saudiya Qiroliga maktub yo'lladi

Ma'lumotga ko'ra, ushbu maktubda mintaqada tinchlik va farovonlik o'rnatish uchun o'zaro murosa qilish istagi tilga olingan.

1299960
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Saudiya Qiroliga maktub yo'lladi

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Bin Abdulazizga maktub yo'lladi.

Ma'lumotga ko'ra, ushbu maktubda mintaqada tinchlik va farovonlik o'rnatish uchun o'zaro murosa qilish istagi tilga olingan.

Eron matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Eron hukumat kotibi Ali Rabi poytaxt Tehronda matbuotga brifing berdi.

U brifingda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning Saudiya qiroli Salmonga yo'llagan maktubi haqida ma'lumot berdi.

"Xa, janob prezident ba'zi maktublarni yubordi. Ularda o'rin olgan mavzu mintaqada tinchlik va farovonlik o'rnatishdir",-deb aytgan Ali Rabi.

Maktublarning mazmuni haqida batafsil ma'lumot bermagan Ali Rabi AQShning tazyiqlari mintaqada qo'shni davlatlar o'rtasiga sovuqlik solmasligi va bir-biridan uzoqlashtirmasligi kerakligini ta'kidladi.

Eslatish joizki, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy oktyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida so'zlagan nutqida "Hurmuz tinchlik tashabbusi" rejasini e'lon qilgandi.

Bu rejadan maqsad Basra ko'rfazi sohilida joylashgan davlatlarda tinchlik, barqarorlik va farovonlik mutihini oshirish va o'zaro kelishuvga tayangan do'stona munosabatlarni rivojlantirish ekanligini ma'lum qilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #maktub , #Eron , #Hasan Ruhoniy , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar