Pokistonda yo‘lovchi poyezdida sodir bo'lgan yong'inda 73 kishi halok bo’ldi

Sog’liqni saqlash vaziri Yasmin Rashid ma’lum qilishicha, fojiada qurbonlar soni 73 kishiga yetgan, yaradorlar esa 40dan ortiqni tashkil qiladi.

1297818
Pokistonda yo‘lovchi poyezdida sodir bo'lgan yong'inda 73 kishi halok bo’ldi

 

Pokistonda yo‘lovchi poyezdi yonib ketgan. Fojiada 73 kishi halok bo’lgan.

Mahalliy nashrlarning xabariga ko‘ra, yo‘lovchilar nonushta tayyorlash uchun ishlatgan gaz balloni to’satdan portlab ketgach, shiddatli yong’in kelib chiqqan.

Poyezd Karachi shahridan Ravalpindiga tomon harakatlanayotgan bo’lgan.

Panjob viloyati hududida, Rahimyor-Xon shahriga qarashli Liyakatpur tumanida ro’y bergan kuchli portlashdan so’ng poyezd vagonlari yona boshlagan.

Olov darhol poyezdning uchta vagonini qamrab olgan. Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, ko‘pchilik yonib ketayotgan poyezdan sakrashi natijasida halok bo‘lgan.

Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotirda.

“Ikkita gaz balloni portlagan. Ularda ovqat pishirilayotgan bo’lgan. Ovqat uchun ishlatilgan yog‘ tufayli olov tezda tarqalgan”, - deya ma’lum qiladi Pokiston temir yo‘llari vaziri Shayx Rashid Ahmad.

Uning so‘zlariga ko‘ra, temir yo‘l reyslarida gaz ballon orqali ishlaydigan bunday plitalardan foydalanish keng tarqalgan. Poyezddagi yo‘lovchilarning aksariyati diniy konferensiyaga ketayotgan edi.

Sog’liqni saqlash vaziri Yasmin Rashid ma’lum qilishicha, fojiada qurbonlar soni 73 kishiga yetgan, yaradorlar esa 40 dan ortiqni tashkil qiladi.

Rahimyor-Xon shahridagi qidiruv-qutqaruv boshqarmasi rahbari Bakir Husayin esa, qurbonlar va yaradorlar orasida butunlay yonib ketganlar bor. Hatto qurbonlarning ba’zilari tanib bo’lmaydigan darajada yonib ketgan. Ularning kimligi DNK laboratoriyalarida aniqlanadi.

Qutqaruv faoliyatlariga Pokiston qo’shini ham yordam bermoqda. Harbiy doktorlar voqea joyiga yetib kelishgan. Ular yaradorlarga tez yordam ko’rsatmoqda.

Og’ir ahvolda bo’lgan yo’lovchilar maxsus vertolyot vositasida boshqa shifoxonalarga jo’natilmoqda.

Fojia tufayli mamlakat prezidenti Orif Alvi bayonot berdi.

Prezident voqeadan qayg’uda ekanligini bildirib, halok bo’lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Mamlakat bosh vaziri Imron Xon voqea yuzasidan tezkor tergov boshlatilishiga buyruq berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #fojia , #yong'in , #poyezd , #Pokistan

Aloqador xabarlar