Yamandagi ichki urushdan 6 milliondan ortiq yosh bola to’g’ridan-to’g’ri ziyon ko'rmoqda

Yamanda 6 milliondan ortiq yosh bolaning 2014-yildan beri davom etgan ichki urushdan to’g’ridan-to’g’ri salbiy ta’sir ko’rganligi ma’lum qilindi.

1294523
Yamandagi ichki urushdan 6 milliondan ortiq yosh bola to’g’ridan-to’g’ri ziyon ko'rmoqda

Yamanda 6 milliondan ortiq yosh bolaning 2014-yildan beri davom etgan ichki urushdan to’g’ridan-to’g’ri salbiy ta’sir ko’rganligi ma’lum qilindi.

Yaman Mehnat va ijtimoiy ishlar vazirligi tomonidan Bolalar huquqi to'g'risidagi konventsiyaning o’ttizinchi yilligi munosabati bilan yozma ravishda berilgan bayonotda, 6 milliondan ortiq yosh bolaning bugungi kunda ham davom etgan ichki urushdan to’g’ridan-to’g’ri salbiy ta’sir ko’rganligi ma’lum qilindi.

Unda ichki urush yuzasidan qariyb 5 million bolaning ta’lim olishdan voz kechib ishlashga majbur qolganligi, qariyb 2 million bolaning esa yetarli oziq-ovqatga erisholmaganligi qayd etidli.

Husiylar tomonidan bolalar uchun mazhabchilikka tayangan ta’lim yo’nalishining yo’lga qo’yilishi bilan bolalar qo’liga qurol berilishining haqiqiy falokat ekanligi va buning tezlik bilan to’xtatilishi kerakligi eslatib o’tilgan bayonotda xalqaro hamjamiyat, bolalar huquqini paymol qilishdan voz kechishlari uchun husiylarga e’tiroz bildirishga chaqirildi.

Odam bolasiga qaratilgan dunyoning eng yirik falokatlaridan biri yuz berayotgan Yamanda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti manbaalariga ko’ra har on daqiqada bir nafar besh yoshdan kichik bola o’limga mahkum qilinmoqda. Eng achinarlisi shundaki bu o’limlar oldini olish imkoni borligiga qaramay yuz bermoqda.

Mamlakatda ayollar va yosh bolalar himoyasizlar ro’yhatida eng yuqori qatorda o’rin olmoqda. Og’il bolalar turli guruhlar tomonidan qo’liga qurol olishga majbur bolar ekan qiz bolalar tirik qolish qo’lish uchun erta yoshda turmush qurishga majbur bo’lmoqda.

Maktab yoshidagi bolalarning to’rttan bir bo’lagi ta’lim ololmas ekan qariyb 2500 ta maktab ziyon ko’rgan yoki ta’lim berilishi imkonsiz yani foydalanishdan chiqarilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #husiylar , #bolalar huquqi

Aloqador xabarlar