Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

Kreml matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki yetakchi suhbat chog’ida Suriya masalasini muhokama qildi.

1292219
Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki yetakchi suhbat chog’ida Suriya masalasini muhokama qildi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Putin bilan Makron Suriya shimoli sharqidagi vaziyatni batafsil muhokama qildi, shuningdek davlatning hududiy yaxlitligiga hurmat ko’rsatish kerakligini qayd etdi.

Putin suhbat chog’ida Makronga Rossiyaning Yaqin sharqdagi faoliyati haqida ma’lumot bergan.

“Suriyadagi tomonlar o’rtasida aloqa o’rnatilishida, barcha etnik va diniy guruhlarning manfaatlarini himoya qilish xususida Rossiyaning o’ynagan ro’li haqida ma’lumot berildi”,-deb ma’lum qiladi Kreml matbuot xizmati.

Ikki yetakchi suhbat so’ngida Ukrainadagi o’zgarishlar bo’yicha ham fikr almashgan. Ukraina inqirozini bartaraf etish uchun asos bo’lib hisoblangan “Minsk chora-tadbirlar dasturi”ga alternativa topilmaganligiga e’tibor qaratilgan.

 



Aloqador xabarlar