Afg’onistonning Uruzgan viloyatidagi Tolibon hujumida 20 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi

Afg’onistonning Uruzgan viloyati Gizob tumanida “Tolibon” harakati jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma ro’y berdi.

1291723

Otishmalarda 20 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Uruzgan xavfsizlik boshqarmasi xodimi Hattob Xanjar ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, toliblar Gizob tuman markaziga hujum qilishgan. Hujum vaqtida otishmalar boshlangan.

48 soat davom etgan otishmalarda 20 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan. 18 nafar jangari o’ldirilgan, 22 nafar jangari yaralangan.

“Tolibon” harakati ushbu hujum natijasida bir qator xavfsizlik nazorat uchastkasi toliblar qo’liga o’tganligini iddao qildi.

Tanlangan kalimalar: #Uruzgan , #otishma , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar