AQSh qo‘shinlarining Suriya shimoli-sharqidan olib chiqilishi davom etmoqda

Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Yaqin Sharqqa safari chog’ida jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qildi.

1291059
AQSh qo‘shinlarining Suriya shimoli-sharqidan olib chiqilishi davom etmoqda

 

AQSh Suriya shimoli-sharqidagi harbiylarini DEAShga qarshi kurash uchun Iroqqa tashiydi.

Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Yaqin Sharqqa safari chog’ida jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

“AQSh qo‘shinlarining Suriya shimoli-sharqidan olib chiqilishi davom etmoqda. Bu kunlar emas, haftalardır davom etishi mumkin. Harbiylar Iroq g‘arbiga ko‘chiriladi”,-deb aytgan Esper. 

Uning ta’kidlashicha, bu harbiylar Iroqda DEAShga qarshi kurashadi va Iroq mudofaasiga yordam beradi.

Eslatish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Turkiyaning operatsiyasi sababli Suriya shimolida xizmat qilgan taxminan 1000 atrofidagi Amerika harbiylarning olib chiqilishini ma’lum qilgandi. Bu qaror AQSh kongressida tanqid qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #harbiy , #Suriya , #Mark Esper , #AQSh

Aloqador xabarlar