Ar-Riyodda Qirol Salmon va Pokiston bosh vaziri Imron Xon uchrashuvi bo'lib o'tdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al-Saud Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

1289064
Ar-Riyodda Qirol Salmon va Pokiston bosh vaziri Imron Xon uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

 

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al-Saud Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Bu haqda rasmiy SPA xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Pokiston bosh vaziri Imron Xon Saudiya Arabistoni bilan Eron o’rtasida keskinlikni muhokama qilish maqsadida Ar-Riyodga tashrif buyurgan.

Ikki yetakchi poytaxt Ar-Riyodda uchrashuv o’tkazgan.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni bilan Eron o’rtasida keskinlikni to’xtatish va muloqotni yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilingan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni va Pokiston o’rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilingan.

Eslatish joizki, Pokiston bosh vaziri Imron Xon 13 oktyabrda Eronga tashrif buyurib, prezident Hasan Ruhoniy va diniy yetakchi Oyatulloh Ali Hamaney bilan uchrashgandi.

O’tgan oyda BMT umumiy kengashi yig’ilishida ishtirok etish maqsadida AQShga safar qilgan Imron Xon prezident Donald Tramp bilan uchrashgandi.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni bilan Eron o’rtasida murosani yo’lga qo’yish uchun o’rtamchilik qilishini iltimos qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar