Senator Lindsey Graham:"Donald Trampning Suriyadan harbiylarni olib chiqib ketish qarori axmoqona"

YPG/PKKga a’zo jangarilarni “DEAShni yo’q qilish uchun AQShga yordam bergan kurd jangchilar” deb baholagan Lindsey Graham Turkiyani Suriya shimolida harbiy operatsiya boshlatgan taqdirda, sanksiya joriy etish bilan tahdid qildi.

1283655
Senator Lindsey Graham:"Donald Trampning Suriyadan harbiylarni olib chiqib ketish qarori axmoqona"

 

 

AQShda Respublikachi senator Lindsey Graham terror tashkiloti PKK xususida ikkilanib qoldi.

Lindsey Graham prezident Donald Trampning Turkiya Suriya shimolida harbiy operatsiya boshlatsa, bunga yordam bermasligi va xatto mintaqadan harbiylarini olib chiqib ketishi haqidagi bayonotiga norozilik bildirgan yetakchilardan biri bo’ldi.

U buning axmoqona qaror ekanligini ilgari surdi.

YPG/PKKga a’zo jangarilarni “DEAShni yo’q qilish uchun AQShga yordam bergan kurd jangchilar” deb baholagan Lindsey Graham Turkiyani Suriya shimolida harbiy operatsiya boshlatgan taqdirda, sanksiya joriy etish bilan tahdid qildi.

Vaholanki, Lindsey Graham 2015 yili AQSh kongressida bo’lib o’tgan bir majlisda davrning mudofaa vaziri Ashton Karter bilan muloqotida Turkiyaning YPG/PKK xususida haqli ekanligini ilgari surgandi.

O’sha davrda AQShning qo’lidagi hisobotlar PYD/YPGning PKK terror tashkiloti bilan aloqasi borligidan dalolat berishiga ishora qilgan Lindsey Graham, Karterga “Xo’sh, Turkiya hukumati nazarida PKK bir terror tashkiloti emasmi?”,-degan savol bilan murojaat qilgandi.

Karter: “PKK nafaqat Turkiya hukumatining, balki AQSh hukumatining nazarida ham bir terror tashkilotidir”,-deb javob bergandi.

Lindsey Graham esa: “Shunday ekan, Suriyada PKK bilan bunchalik yaqin aloqada bo’lgan YPGni qurollantirganimiz uchun turklar bizga darg’azab bo’lishi ajablanarlimi?”,-degan edi.

“Turkiyadan endigina qaytdim. AQShning YPG/PKKni qurol bilan ta’minlashi turklar uchun katta muammo. Ular buni axmoqona fikr deb aytmoqda. Men ham ularning fikriga qo’shilaman. Xo’sh, “Turkiya nima uchun bizga g’azablandi” deya qiziqayotgan bo’lsangiz, buning sababi Suriyada turk hukumatiga qarshi jang qilayotgan bir terror tashkilotini qurollantirganimizdir”,-deb aytgandi AQSh senatori Lindsey Graham.



Aloqador xabarlar