Nigeriyada sodir etilgan terrorchilik harakatida 16 kishi halok bo’ldi

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Boko Harom terror tashkiloti Borno viloyatiga qarashli Mauro qishlog’idagi harbiy zonaga hujum qilgan.

1282520
Nigeriyada sodir etilgan terrorchilik harakatida 16 kishi halok bo’ldi

 

Nigeriya shimoli sharqida terror tashkiloti Boko Harom tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatida 16 kishi halok bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Boko Harom terror tashkiloti Borno viloyatiga qarashli Mauro qishlog’idagi harbiy zonaga hujum qilgan.

Hujumda 16 kishi halok bo’lgan. Ulardan 11 nafari harbiylar. Yaradorlar soni ko’pchilikni tashkil qiladi.

Hujum vaqtida ikki harbiy bedarak yo’qolgan. Boko Harom jangarilari harbiyga tegishli qurollarni o’g’irlab qochgan.

Ayni vaqtda Nigeriya Havo kuchlari kotibi general-leytenant Ibikunle Daramola Chad ko’li havzasida terror tashkilotiga qarshi harbiy operatsiya o’tkazilganligini ma’lum qildi.

Operatsiyada terror tashkilotiga oid lager va ko’plab jangari yo’q qilingan.


 


Tanlangan kalimalar: #terror tashkiloti , #Boko Harom , #Nigeriya

Aloqador xabarlar