AQShda 2-Jahon urushidan qolgan bombardimon samolyoti qulab tushdi

Tegishli vakillar fojiada 5 kishi halok bo’lganligini tasdiqlagan.

1280886
AQShda 2-Jahon urushidan qolgan bombardimon samolyoti qulab tushdi

 

Amerika Qo’shma Shtatlarining Connecticut shtatida 2-Jahon urushidan qolgan bombardimon samolyoti qulab tushdi.

Fojiada 5 kishi halok bo’ldi.

Connecticut hokimi Ned Lamontning kotibi Max Reiss ma’lum qilishicha, B-17 bombardimon samolyoti Hartfordning shimolida joylashgan Bradley xalqaro aeroportida qulab tushgan.

Tegishli vakillar fojiada 5 kishi halok bo’lganligini tasdiqlagan.

Parvoz qilgach, ko’p o’tmay favqulodda qo’nishga harakat qilgan harbiy samolyot bortida 13 kishi bo’lgan. Ulardan 3 nafari ekipaj xodimlari bo’lgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #fojia , #harbiy samolyot , #AQSh

Aloqador xabarlar