Washington Post, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchiga atab maxsus sahifa tayyorladi

Amerikaning Washington Post gazetasi saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining vafotining birinchi yilligi munosabati bilan maxsus sahifa tayyorladi.

1280128
Washington Post, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchiga atab maxsus sahifa tayyorladi

Amerikaning Washington Post gazetasi saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining vafotining birinchi yilligi munosabati bilan maxsus sahifa tayyorladi.

Washington Post saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosida o’ldirilishining 1-yilligida, o’z vaqtida Kashikchi tomonidan qalamga olingan maqolalar ham o’rin olgan, “Global ko’z qarash” deb nomlangan sahifaning sarlavhasini, “Jamol Kashikchi: G’oyib bo’lgan ovoz, o’sib borayotgan xor” deb o’zgartdi.

Gazeta muharriri Fred Hiatt sahifada,

“Bundan bir yil muqaddam Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon bir bahsni suyak arrasi bilan nuqtalay olishiga ishondi. Bin Salmon jasur va zukko kasbdoshimiz Jamol Kashikchini o’ldirish va uning ovozini ochirishga erishdi. Lekin bu sahifada ko’rib turganingizdek bahs haligacha davom etmoqda va Kashikchiga jon ato etgan erkinlik, demokratiya, sabir va madaniyatlarning bir-birini tushunishi uchun qidirilgan yo’llar, osonlikcha mag’lub bo’lmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Yuqorida nomi tilga olingan sahifada Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan Kashikchi jinoyati haqida qalamga olingan maqolasi bilan birga Kashikchining unashtirilgan qizi Hatije Jengiz, “Global ko’z qarash” sahifasining muharriri Karen Attiah, Nobel mukofati sovrindori Tevekkul Karman, Pulitzer mukofati sovrindori amerikalik jurnalist David Ignatius, Saudiya Inson huquqlari himoyachisi Iyad al-Bog’dodiy, amerikalik demokrat vakil Rob Menendezlarning maqolasiga ham o’rin berildi.  

Shuningdek sahifada amerikalik karikaturist Tom Tolesning Kashikchi jinoyati haqida qalamga olgan asarlari bitta sarlavha ostida jamlandi.

Sahifadagi maqolalar ingiliz tilidan tashqari arab tilida ham chop etilmoqda.

 



Aloqador xabarlar