Ruhoniyning Trump bilan telefon orqali muloqat o’tkazshni rad etganligi ilgari surilmoqda

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi chog’ida AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan telefon orqali o’tkazilish ehtimoli bo’lgan muloqatni rad etganligi ilgari surildi.

1280393
Ruhoniyning Trump bilan telefon orqali muloqat o’tkazshni rad etganligi ilgari surilmoqda

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi chog’ida Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump bilan telefon orqali o’tkazilish ehtimoli bo’lgan muloqatni rad etganligi ilgari surildi. 

New York Times nashrida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra Trump bilan Ruhoniy o’rtasida Fransiyaning o’rtamchiligida telefon orqali o’tkazilish ehtimoli bo’lgan muloqat Ruhoniyning rad etishi bilan natijasiz qolgan.

Ma’lumotga ko’ra Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron Ruhoniy tunagan BMT ro’parasidagi mehmonxonaga borib, Trump bilan telefon orqali muloqat qilish haqidagi taklifni Eron hay’atiga yetkazgan.  

Mazkur taklifning Ruhoniyga yetkazilgani eslatib o’tilgan xabarda shuningdek, xavfsiz xonalardan birining tezlik bilan Ruhoniy – Trump o’rtasida o’tkazilish ehtimoli bo’lgan telefon muloqati uchun ajratilganligi ham ilova etilgan.

Xabarda shuningdek Trumpning telefonda kutganligi aytilar ekan Ruhoniyning xonasidan tashqariga ham chiqmaganligi aytildi.

Qayd etilishicha Ruhoniy, ikkala lider o’rtasidagi o’tkazilish ehtimoli bo’lgan uchrashuv ortidan Eronning ichki siyosatida shaxsiga qarshi bildiriladigan e’tirozlardan tortingan.

Xabarda fikriga o’rin berilgan Xalqaro inqirozlar guruhining Eron dasturi yetakchisi Ali Vaez ham Ruhoniyning Trump bilan ichki siyosiy vaziyat tufayli uchrashishni xohlamaganligiga e’tibor qaratgan. Avez shuningdek, Ruhoniy sanksiyalar muammosining hal qilinishiga ishonch xosil qilmay turib bunday xavfni ko’zga ololmasligini ham o’z so’ziga ilova etgan.

Aytib o’tish joizki BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi shu yilning 17-27 sentabri kunlari AQShning Nyu-York shahrida bo’lib o’tdi.



Aloqador xabarlar