Afg’onistonda sodir etilgan portlashda 6 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi

Portlashda halok bo’lgan 6 kishidan 2 nafari yosh bola. Hodisada 2 kishi jarohatlangan.

1280292
Afg’onistonda sodir etilgan portlashda 6 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi

 

 

Afg’onistonning Kapisa viloyatida sodir etilgan portlashda 6 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Kapisa xavfsizlik boshqarmasi xodimi Abdul Shukur Shayik ma’lum qilishicha, Kapisaning Nijrab tumaniga qarashli Baizhil qishlog’ida yo’l chetiga joylashtirilgan bomba tinch aholi vakillari o’tib ketayotgan paytda portlagan.

Portlashda halok bo’lgan 6 kishidan 2 nafari yosh bola. Hodisada 2 kishi jarohatlangan.

Bombaning Tolibon tomonidan xavfsizlik kuchlariga qarshi hujum qilish maqsadida joylashtirilganligi taxmin qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Kapisa , #portlash , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar