Hasan Ruhoniy Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning taklifiga binoan Armaniston poytaxti Yerevanga safar qilgan Hasan Ruhoniy Sarkisyan bilan ikki davlat munosabatlarini muhokama qildi.

1279321
Hasan Ruhoniy Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashdi

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Yerevanda uchrashuv o’tkazdi.

Eron prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning taklifiga binoan Armaniston poytaxti Yerevanga safar qilgan Hasan Ruhoniy Sarkisyan bilan ikki davlat munosabatlarini muhokama qildi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, Armaniston va boshqa qo’shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish Eron tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Ikki davlat energetika, yuk tashish, turizm va sanoat sohasida yaqindan hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega.

Ma’lumki, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yerevanda bo’lib o’tadigan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati liderlar sammitida ishtirok etadi.

Ruhoniyning fikricha, Eronning ushbu sammitda ishtirok etishi mintaqada iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga hissa qo’shadi.

Sarkisyan ham Eron bilan munosabatlarni rivojlantirish Armaniston uchun katta ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlab, sanoat, energetika va atrof-muhit masalalarida yaqindan hamkorlikni oshirish niyatini tilga oldi.

 

 



Aloqador xabarlar