Saudiya Arabistoni o‘z tarixida ilk bor xorijiy sayyohlarga turistik viza bermoqchi...

Hukumat 49 davlat fuqarolariga turistik viza berishini ma’lum qildi, biroq ushbu davlatlarning ro’yxatini e’lon qilmadi.

1278175
Saudiya Arabistoni o‘z tarixida ilk bor xorijiy sayyohlarga turistik viza bermoqchi...

 

 

Saudiya Arabistoni o‘z tarixida ilk bor xorijiy sayyohlarga turistik viza bera boshladi.

Hukumat 49 davlat fuqarolariga turistik viza berishini ma’lum qildi, biroq ushbu davlatlarning ro’yxatini e’lon qilmadi.

Mamlakat poytaxti Ar-Riyodda o’tkazilgan matbuot anjumanida ma’ruza qilgan Saudiya Arabistoni turizm qo’mitasi raisi Ahmad al-Xatip mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida 49 davlat fuqarolariga turistik viza berila boshlashini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, vizalarni Saudiya Arabistoni elchixonalari, konsulxonalari hamda aeroportlardan olish mumkin.

Viza muddati berilgan kundan e’tiboran 360 kunni o’z ichiga olib, mamlakatda qolish muddati uch oydan oshmasligi talab qilinadi. Bir yilda mamlakat hududlarida jami 180 kundan ortiqcha qolmasligi zarur.

G’ayrimuslim sayyohlar musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madina shaharlariga kira olmaydi. 18 yoshga to’lmagan sayyohlar yolg’iz o’zi mamlakatga kela olmaydi. Shuningdek, turistik vizadan foydalanib, davolanish yoki haj va umra ziyoratlarini ado etishi qat’iyan man qilinadi.

Saudiya Arabistoniga bugungacha faqatgina ishchi vizasi, Makka va Madinani ziyorat qilish uchun haj vizasi va biznes (ish safari) vizasi bilan kirish mumkin bo‘lgan. 

2018 yildan boshlab hukumat sport tadbirlari va konsertlarga tashrif buyuruvchilar uchun ham elektron vizalar bera boshlagan edi. 

Eslatma: Saudiya Arabistonining “Vision-2030” rivojlanish dasturiga ko‘ra, har yili 30 mlngacha sayyohni jalb qilish rejalashtirilgan. 

 


Tanlangan kalimalar: #viza , #turistik viza , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar