Lavrov, “xavfsiz hudud” masalasida Turkiyani haqli deb topdi

BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun hozirda AQShning Nyu-York shahrida bo’lgan Lavrov, jurnalistlar savoliga javob berdi.

1277868
Lavrov, “xavfsiz hudud” masalasida Turkiyani haqli deb topdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud masalasida Turkiyaning haqli ekanligini qayd etdi.

BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun hozirda AQShning Nyu-York shahrida bo’lgan Lavrov, jurnalistlar savoliga javob berdi.

Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud va Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi muzokaralar haqidagi savolga qarshi Lavrov,

“Anqara bu borada judayam haqli chunki hozirda AQShning nazoratidagi mintaqadan sizib kirgan terroristlar tufayli muammolar paydo bo’lmoqda” deb javob berdi.

Suriyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligining muhimligini, shuning uchun ham xavfsiz hudud masalasida “bee’tibor” emasliklarini va ikkala mamlakat bilan ham uchrashuv o’tkazganliklarini eslatib o’tgan Lavrov,

“Amerikaliklarning mintaqadagi kurdlardan foydalanganligi” va “shaxsiy boshqaruv organi tashkil etish uchun konkret qadamlar tashlanganligini” aytib o’tdi.

Lavrov, AQShning BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etmoqchi bo’lgan ba’zi rus diplomatlarga viza bermasligi haqida esa Moskvaning kerakli chorani ko’rib bunga qarshi javob berish niyatida ekanligini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar