Muhammad Bin Salmon,Jamal Qoshikchining o'ldirilishidan javobgar ekanini bildirdi.

Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad Bin Salmon, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligida jurnalist Jamal Qoshikchining o'ldirilishidan javobgar  ekanini  bildirdi.

1276754
Muhammad Bin Salmon,Jamal Qoshikchining o'ldirilishidan javobgar ekanini bildirdi.

Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad Bin Salmon, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligida jurnalist Jamal Qoshikchining o'ldirilishidan javobgar  ekanini  bildirdi.

Shohzoda  Bin Salmonning Amerikaning PBS televizion dasturining "Frontline" prodyuseri Martin Smitning 2018 yil dekabr oyida Riyodda bo'lib o'tgan elektr avtomobil poygasi paytida Qoshikchining o'ldirilishi haqidagi so'zlari, 1- oktabr kuni e'lon qilinadigan dasturning treylerida o’rin oldi.

Kirish treylerida birinchi bo'lib Bin Salmon intervyusida Qoshikchining o'ldirilishi haqidagi savollarga javob bergan  va valiaxd shahzodaning jurnalist Smit bilan suhbat  qismlarida Bin Salmonning surati va ovozidan foydalanmasdan  ekranda namoyish etilgan.

Treylerda Smit "Men undan Qoshiq jinoyatidagi  rol haqida so'rashganda,

- Bu mening zimmamda edi. Men barcha javobgarlikni  o'z zimmamga olaman, chunki bu mening zimmamda », - deb javob berdi.

- Qanday qilib sizning  xabaringiz bo’lmasdan  turib  bunday  bir narsa bo'lishi mumkinmi? Bin Salmon savolga, "Saudiya Arabistonida 20 million odam yashaydi. 3 million davlat xizmatchisi bor” deb javob berib anglatdi.  

Smit Bin Selmandan "Ular sizning samolyotlaringizdan birini oladimi?" savolga,

"Mening ishimni kuzatib boradigan amaldorlar va vazirlar bor. Bu ularning javobgarligi. Ular buni amalga oshirish uchun vakolatga ega."  deb javob bermoqda.

Saudiyalik jurnalist Qoshikchi 2018 yili  2-  oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligida u yerga  uylanish ishlari uchun borganida o'ldirilgan edi.

Iyun oyida BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari (OHCHR) tomonidan e'lon qilingan 101 sahifalik hisobotda Saudiya Arabistoni Jamal Qoshikchini qasddan o'ldirishda ayblangan edi.

Hisobotda yuqori martabali mansabdor shaxslar, shu jumladan Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmonning tekshiruvi uchun ishonchli dalillar keltirilgan edi.

Hisobotda, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Qoshikchining o'ldirilishi bilan bog'liq qo'shimcha jinoiy tergovni boshlashga chaqirgan. Qoshiq jinoyati bilan aloqali sanksiyalar bilan Valiaxd Shahzoda va uning chet eldagi shaxsiy mol- mulkini o’z ichiga olishi kerkligi  ta’kidlangan edi.  

 



Aloqador xabarlar