Iroq prezidenti Barhom Solih BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ma’ruza qildi

“Yaqin sharqda urush va to’qnashuvlar yuz bermoqda. Bu inqirozlarni bir yoqadan bosh chiqargan holda bartaraf etishimiz darkor. Iroqning qo’shni davlatlarga hujum qilinadigan jang maydoniga aylanishiga yo’l qo’ymaymiz”,-deydi Iroq prezidenti.

1276574
Iroq prezidenti Barhom Solih BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ma’ruza qildi

 

 

Iroq prezidenti Barhom Solih BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ma’ruza qildi.

Prezident o’z ma’ruzasida Iroq qo’shni davlatlarga hujum qilish maydoni emasligini ma’lum qildi.

“Yaqin sharqda urush va to’qnashuvlar yuz bermoqda. Bu inqirozlarni bir yoqadan bosh chiqargan holda bartaraf etishimiz darkor. Iroqning qo’shni davlatlarga hujum qilinadigan jang maydoniga aylanishiga yo’l qo’ymaymiz”,-deydi Iroq prezidenti Barhom Solih o’z ma’ruzasida.

Prezidentning ta’kidlashicha, Iroqda yaqin kunlarda katta ijobiy o’zgarishlar kuzatiladi.

“Mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi Ko’rfaz va mintaqa davlatlarining xavfsizligiga bog’liqdir”,-deb aytgan Barhom Solih.

Arab va mintaqa davlatlari bilan munosabatlar rivojlanganligini ma’lum qilgan Barhom Solih: “Eron va Turkiya bilan o’zaro munosabatlarimizni yanada mustahkamlashtirishga g’ayrat qilyabmiz”,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Iroq terrorizmdan eng ko’p jabrlangan davlatlardan biridir. DEASh Iroqni vayron qilish uchun o’ylab topilgan loyiha edi.

Iroq prezidenti Barhom Solih dunyodagi qonunbuzarlik, kontrabanda va radikal oqimlarga qarshi kurashish uchun xalqaro koalitsiya tuzish to’g’risida taklif kiritdi.



Aloqador xabarlar