Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Prezident Erdo'g'anga minnatdorchilik bildirdi

Hozirda BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahrida bo’lgan Pokiston Bosh vaziri uyushtirgan matbuot anjumanida Kashmir muammosi va Pokiston bilan Hindiston o’rtasidagi taranglik haqida bayonotlar berdi.

1275798
Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Prezident Erdo'g'anga minnatdorchilik bildirdi

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga BMT Bosh assambleyasida so’zlagan nutqida Kashmir masalasiga e’tibor qaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Hozirda BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahrida bo’lgan Pokiston Bosh vaziri uyushtirgan matbuot anjumanida Kashmir muammosi va Pokiston bilan Hindiston o’rtasidagi taranglik haqida bayonotlar berdi.  

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Prezident Erdo'g’anning shaxsi bilan o’tkazgan uchrashuvi haqidagi savolga qarshi,

“Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga BMT Bosh assambleyasida so’zlagan nutqida Kashmir masalasiga e’tibor qaratgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Prezident Erdo'g’an kelasi oyda Pokistonga tashrif buyuradi” deb javob berdi.

Pokistonning Turkiya bilan judayam yaqin munosabati borligini va savdo tarmog’idagi hamkorligini orttirish niyatida ekanliklarini eslatib o’tgan Xon,

“Prezidentga Kashmir muammosi borasidagi printsipial pozitsiyasi tufayli minnatdormiz” dedi.



Aloqador xabarlar