Hasan Ruhoniy:"Tashqi kuchlar mintaqamizdan uzoq tursin! Chunki, ularning borligi balo keltiradi"

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eron-Iroq urushining 39 yilligi munosabati bilan Tehronda o’tkazilgan harbiy paradda nutq so'zladi.

1274008
Hasan Ruhoniy:"Tashqi kuchlar mintaqamizdan uzoq tursin! Chunki, ularning borligi balo keltiradi"

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy barcha qo’shni davlatlarga do’stona qo’l uzatganligini bildirib, ularning mintaqadagi xatolarini kechirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Hasan Ruhoniy bu so’zlarni Eron-Iroq urushining 39 yilligi munosabati bilan Tehronda o’tkazilgan harbiy paraddagi nutqiga gapirib o’tdi.

“Eron mintaqada tinchlik bo’lishi tarafdori. AQSh va Isroil Eronning qo’shni davlatlar bilan bo’lgan kelishmovchiligidan va ihtiloflaridan foydalanmoqchi…”,-deb aytgan Hasan Ruhoniy.

Prezidentning ta’kidlashicha, mintaqada tashqi kuchlarning o’rin olishi suv yo’llari, kemasozlik faoliyatlari, energiya va neft xavfsizligi uchun katta tahlika yaratadi.

Saudiya Arabistonining “Saudi Aramco” davlat neft kompaniyasiga nisbatan sodir etilgan hujumga e’tibor qaratgan Ruhoniy: “Mintaqadagi davlatlar bilan hamkorlik qilishni xohlaymiz. Mintaqadagi voqealar bilan bog’liq Eronni ayblamoqchi bo’lganlarning yolg’oni fosh bo’ldi. Agar ular haqiqatdan ham mintaqa xavfsizligini o’ylasa, harbiy samolyotlarini, bombalarini va tahlikali qurollarini olib kelmasinlar!  Agar ularning niyati to’g’ri bo’lsa mintaqani qurollanish maydoniga aylantirmasin! Mintaqamizdan uzoq tursin! Chunki, ularning borligi har doim mintaqamiz uchun balo keltirgan!”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hasan Ruhoniy , #Eron

Aloqador xabarlar