AQSh Afg’onistonda Tolibon tomonidan sodir etilgan portlashlarni qoraladi

"Tolibon afg’on xalqiga va davlatining kelajagiga bunchalik zarar keltiruvchi portlashlarni davom ettirish o’rniga, barqarorlik o’rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni boshlashi zarur”,-deyiladi bayonotda.

1271567
AQSh Afg’onistonda Tolibon tomonidan sodir etilgan portlashlarni qoraladi

 

AQSh ma’muriyati “Tolibon” harakati tomonidan Afg’oniston poytaxti Kobul va Parvon viloyatlarida 48 kishining hayotiga zomin bo’lgan terrorchilik harakatlarini qoraladi.

Bu haqda AQSh Davlat kotibligi bayonot berdi.

“Tolibon ushbu hujumlar bilan afg’on xalqi va davlatini mensimaganligini ko’rsatadi. Tolibon afg’on xalqiga va davlatining kelajagiga bunchalik zarar keltiruvchi portlashlarni davom ettirish o’rniga, barqarorlik o’rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni boshlashi zarur”,-deyiladi bayonotda.

Kecha Afg’oniston poytaxti Kobul va Parvon viloyatlarida shiddatli terakt sodir etilgandi. Portlashlar oqibatida 48 kishi halok bo’lgandi.

Birinchi portlash Parvon viloyatida mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani ishtirokidagi saylovoldi mitingi vaqtida sodir etildi. Portlash oqibatida 26 kishi halok bo’ldi, 42 kishi jarohatlandi.

Prezident Ashraf G‘ani va uning hamrohlari portlashda jabrlanmagan.

Ikkinchi portlash Kobuldagi AQSh elchixonasi yaqinida joylashgan mudofaa vazirligiga tegishli harbiy lager oldida sodir etildi.

Xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan portlashda 22 kishi halok bo'lgan. Ulardan 6 nafari xavfsizlik xodimi. Yana 38 kishi jarohatlandi.

Ikkala portlashda ham qurbon bo’lganlarning aksariyati tinch aholi vakillari.

Portlashlar uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati zimmasiga olgan.

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Tolibon , #Afg'oniston , #AQSh

Aloqador xabarlar