Italiya sohil xavfsizlik xizmati O’rta yer dengizida 90 nafar muhojirni qutqardi

Ma’lumotga ko’ra, Maltadan olingan yordam chaqiruviga binoan, tunda O’rta yer dengizida 90 nafar muhojir qutqarilgan.

1271490
Italiya sohil xavfsizlik xizmati O’rta yer dengizida 90 nafar muhojirni qutqardi

 

Italiya sohil xavfsizlik xizmati xodimlari O’rta yer dengizida 90 nafar muhojirni qutqarishga muvaffaq bo’ldi.

Bu haqda Italiya sohil xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Maltadan olingan yordam chaqiruviga binoan, tunda O’rta yer dengizida 90 nafar muhojir qutqarilgan.

Qutqaruvchilar operatsiyani yakunlagach, muhojirlarni xavfsiz joyga yetkazish maqsadida Maltadan dengiz transporti talab qilgan, biroq Malta bunga javob bermagan.

So’ngra, muhojirlar Malta sohiliga yetkazilgan.

Rainews24 nashri ma’lum qilishicha, Tunis sohillarida ham muhojirlarni olib ketayotgan baliqchi kemasi cho’kib ketgan.

Italiya dengiz floti qutqaruvchilari voqea joyiga safarbar etilgan. Hodisada 9 nafar muhojir qutqarilgan, dengizdan 8 nafar muhojirning jasadi olib chiqilgan, 6 kishi bedarak yo’qolgan.

Kecha Ocean Viking kemasi tomonidan olib borilgan qutqaruv operatsiyasida avval 48 nafar, ortidan yana 61 nafar muhojir bo’lib, jami 109 nafar muhojir qutqarildi.

O’tgan hafta ham 80 dan ortiq muhojir O’rta yer dengizida qutqarib qolingandi.


Tanlangan kalimalar: #muhojir , #Italiya , #O'rta yer dengizi , #Malta

Aloqador xabarlar