Suriyada terroristlar bilan ESA o’rtasidagi to’qnashuvda og’ir qurollardan foydalanildi

Suriyaning shimolida joylashgan Tel Rifat tumanidan Azez tumaniga sizib kirishga tashabbus qilgan YPG/ PYD terror tashkiloti bilan Erkin Suriya armiyasi o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi.

1270861
Suriyada terroristlar bilan ESA o’rtasidagi to’qnashuvda og’ir qurollardan foydalanildi

Suriyaning shimolida joylashgan Tel Rifat tumanidan Azez tumaniga sizib kirishga tashabbus qilgan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti bilan Erkin Suriya armiyasi o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi. To’qnashuvda og’ir qurollardan foydalanildi.

YPG/ PYD terror tashkiloti Turkiyaning Kilis viloyatining ro’parasida Suriya tuproqlarida o’rin olgan Azezning janubidagi Kafar Kashir, g’arbidagi Malikiye front liniyasida kecha kechqurun sizib kirish tasahbbusi maqsadida hujumlar uyushtirdi.

Nazorati ostidagi Tel Rifat mintaqasidan og’ir qurollar orqali hujum qilgan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti, front liniyasida Erkin  Suriya armiyasi bilan to’qnashdi.

ESA, terror tashkilotining sizib kirish tashabbusiga to’siqlik qildi.

“Zaytun novdasi” deb nomlangan harbiy amaliyot natijasida Afrindan chiqarilgan YPG/ PYD terror tashkiloti, tumanning janubi-sharqidagi Tel Rifat mintaqasida bosib olish rejalarini yo’lga qo’yish uchun faoliyat olib bormoqda. Terror tashkiloti ESAning nazoratidagi turar-joy punktlarini tez-tez nishonga olmoqda.

 



Aloqador xabarlar