Afg’onistonda prezident Ashraf G‘ani ishtirokidagi saylovoldi mitingi vaqtida terakt sodir etildi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, ulardan 22 nafari tinch aholi vakillari.

1271237
Afg’onistonda prezident Ashraf G‘ani ishtirokidagi saylovoldi mitingi vaqtida terakt sodir etildi
afganistan gani miting saldiri1.jpg

 

 

Afg’onistonda mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani ishtirokidagi saylovoldi mitingi vaqtida terakt sodir etildi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, ulardan 22 nafari tinch aholi vakillari.

Voqeada 42 kishi jarohat olgan, ulardan 11 nafarining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda. Shu sababli qurbonlar sonining ortishi taxmin qilinmoqda. Prezident Ashraf G‘ani jabrlanmagan. Uning vaziyati yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Aniqlanishicha, miting maydoniga kirish joyida turgan mototsiklga bomba o‘rnatilgan bo‘lgan.

Ichki ishlar vazirligi xodimi Nasrat Rahimiy matbuotga bergan intervyusida, teraktni sodir qilgan shaxs mototsiklga joylashtirgan bombani Parvan viloyatida miting uchun to’plangan olomon yaqinida portlatib yuborgan.

Hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati zimmasiga olgan.

Afg‘onistonda prezident saylovlari 28 sentyabrga belgilangan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #terakt , #miting , #portlash , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar