Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy: “Suriyaning kelajagi Suriya xalqiga bog’liq”.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida poytaxt Anqarada bugun uyushtiriladigan sammitda ishtirok etish maqsadida Turkiyaga bo’lgan safari oldidan Tehronning Mehrobod aeroportida matbuot anjumani uyushtirdi.

1270267
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy: “Suriyaning kelajagi Suriya xalqiga bog’liq”.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Suriyaning kelajagining Suriya xalqiga bog’liq ekanligini qayd etdi.

Ruhoniy, Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida poytaxt Anqarada bugun uyushtiriladigan sammitda ishtirok etish maqsadida Turkiyaga bo’lgan safari oldidan Tehronning Mehrobod aeroportida matbuot anjumani uyushtirar ekan unda jurnalistlarga bayonot berdi.

Suriya masalasi ustidan yuqorida nomi tilga olingan uch davlat o’rtasida shu bilan beshinchi marotaba sammit uyushtirilayotganligi eslatib o’tgan Ruhoniy, Suriyada terrorizmga qarshi kurash bilan birga tashqi aralashuvlarning ham o’z nihoyasiga yetishi, mahalliy aholining o’z yurtiga qaytishi, yangi konstitutsiyaning tuzilishi va 2021-yili bo’lib o’tadigan saylovlar kabi masalalarning bugungi sammitda qo’lga olinishini ma’lum qildi.

Mintaqa xavfsizligi va Suriyadagi o’q uzishning to’xtatilishining uchala mamlakat uchun ham alohida o’ringa ega ekanligini eslatib o’tgan Ruhoniy, kafil mamlakatlar sifatida mazkur masalalar ustidan Ostona formatida 2.5 yildan beri muzokara olib borilayotganligini va undan ijobiy tusda natija olinayotganligin ta’kidladi. Eron Prezidenti o’z so’zi ortidan shuningdek, Anqaradagi sammitda shaxdam qadamlarning tashlanishini va uchala mamlakatning Suriyaning kelajagi uchun kerakli shartnomalarga qo’l qo’yishini tiladi. 

Ruhoniy, “Har doimgidek yana takrorlaymiz; Suriyaning kelajagi Suriya xalqiga bog’liq. Shunday ekan qarorni ular berishi kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqa kuchlarning Firotnnig sharqidagi “noqonuniy o’rnining” Suriyada tinchlik o’rnatilishga to’siqlik qilayotganligini qayd etdi.

Suriya va Yamandagi muammolarning mintaqadagi davlatlar tomonidan tinchlik va muzokara yo’li orqali hal qilinishi kerakligini ta’kidlagan Ruhoniy,

“Mintaqada haqiqiy tinchlikning o’rnashi uchun AQShning ishg’oli va Isroil rejimining provakatsion tusdagi aralashuvlari bas qilinishi kerak. AQShning mintaqadagi noto’g’ri rejalari butun dunyo mamlakatlari uchun tashvish tug’dirmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar