Burkina-Fasoda 3 ta alohida teraktda kamida 29 kishi halok bo'ldi.

Burkina-Faso hukumati voizi va aloqa vaziri Remis Fulgance Dandjinou kecha bergan  yozma bayonotida terrorchilar Dablo Kelbo hududida insonparvarlik yordami olib borayotgan karvonga hujum qilishganini aytdi.

1265773

Dandjinou hujumda 14 tinch fuqaro halok bo'lganini, qurbonlar va shuningdek, karvonga katta miqdorda zarar yetkazilganini aytdi.

Hujumdan ko'p o'tmay ikkinchi bor bayonot bergan vazir Dandjinou, Sanmatenga shahridagi Barsalogho Guendbila shahrida yuk mashinasi minaga kelib urilishi oqibatida 15 kishi hayotdan ko'z yumdi, 6 kishi  tan jarohat oldi deb qayd etdi

Remis Fulgance Dandjinou, yaradorlar atrofdagi kasalxonalarda davolanayotganini  qayd etdi.

Xavfsizlik manbalari, o'z navbatida, Yatenga shahrining Banh tumanida terroristlar tomonidan uyushtirilgan yana bir hujum natijasida to'rt kishi jarohat olgan.

Armiya hujumlar sodir bo'lgan joylarda operatsiyalar uyushtirdi va mahalliy aholidan askarlar bilan hamkorlik qilishlarini  talab qildi.

2019 yil 1-yanvar kuni terrorchilik hodisalari kuchaygani sababli shimolda, Sahel mintaqasida va Burkina-Fasoning g'arbiy va markaziy qismida favqulodda holat e'lon qilingan edi.

Tanlangan kalimalar: #29 kishi halok , #terakt , #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar