“Tolibon” harakati Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyati Shirin Tagob tumaniga hujum qildi

Hujum oqibatida 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 4 nafari jarohatlangan.

1265485
“Tolibon” harakati Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyati Shirin Tagob tumaniga hujum qildi

 

“Tolibon” harakati Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyati Shirin Tagob tumaniga hujum qildi.

Hujum oqibatida 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 4 nafari jarohatlangan.

Bu haqda Faryob xavfsizlik boshqarmasi xodimi Abdulkarim Yurish ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, “Tolibon” harakati jangarilari Shirin Tagob tumaniga hujum qilgach, otishma boshlangan.

Otishmada “Tolibon”ga a’zo 24 jangari o’ldirilgan, 19 nafari yaralangan.

Hujumda tuman markazidagi mashina bozori yonib ketgan.

“Tolibon” harakati mavzuga doir biron izoh bildirmadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Faryob , #hujum , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar