Pokistonda yuz bergan portlash 1 kishining umriga zomin bo'ldi

Pokistonda yuz bergan portlash 1 kishining umriga, 12 kishining sog'ligiga zomin bo'ldi.

1264544
Pokistonda yuz bergan portlash 1 kishining umriga zomin bo'ldi

Pokistonning Kuetta shahrida yuz bergan ikkita portlash oqibatida ilk aniqlashlarga ko’ra 1 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 12 kishi tan jarohati oldi.

Mahalliy mediada o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra Balujiston shtati poytaxti Kuettadagi ishxonalardan birida gaz ballonning portlashi oqibatida 1 kishi jon berar ekan jon berganlardan tashqari 6 kishi tan jarohati olgan.

Voqea yuz bergan joyga politsiya xodimlari va tibbiy tez yordam xodimlari kelishi ortidan sababi hali hanuz aniqlanmagan ikkinchi portlash yuz bergan.

Unda 6 kishi tan jarohati olar ekan ularning 2 nafarining politsiya xodimi, 2 nafarining esa jurnalist ekanligi aniqlangan.  

Portlashda jon berganlar atrofdagi kasalxonalarga olib borilgan.


Tanlangan kalimalar: #Pokistan , #portlash

Aloqador xabarlar