Misrning marhum Prezidentining o’g’li Abdulloh Mursi ham yurak xurujidan vafot etdi

Misrning marhum Prezidenti Muhammad Mursining o’g’li Abdulloh Mursi ham yurak xuruji yuzasidan vafot etdi.

1263976
Misrning marhum Prezidentining o’g’li Abdulloh Mursi ham yurak xurujidan vafot etdi

Misrda qamoqxonada jon bergan, Misrnnig demokratik yo’llar orqali saylangan birinchi Prezidenti Muhammad Mursining kichik o’g’li Abdulloh Mursi, yurak xuruji tufayli vafot etdi.

“Anadolu” axborot agentligiga intervyu bergan Mursining katta o’g’li Ahmed Mursi, ukasi Abdullohning yurak xuruji natijasida kasalxonada vafot etganligini qayd etdi.  

Mursi oilasining advokati Abdulmo’min Abdulmaqsud ham Abdulloh Mursining o’lim xabarining to’g’ri ekanligini tasdiqladi.

Muhammad Mursi shu yilning iyun oyida sud zalida, yurak xuruji tufayli jon bergandi.

Muhammad Mursi 5 bolaning otasi edi.  



Aloqador xabarlar