Pompeo, Xitoyning Uyg’ur turklariga nisbatan yo’lga qo’ygan siyosatlariga e’tibor qaratdi

Mike Pompeo Shinjon-Uyg'ur muxtor viloyatida yuz bergan voqealar haqida ijtimoiy tarmoq orqali yozma ravishda bayonot berdi.

1261473
Pompeo, Xitoyning Uyg’ur turklariga nisbatan yo’lga qo’ygan siyosatlariga e’tibor qaratdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo Xitoyning Uyg’ur turklariga nisbatan yo’lga qo’ygan repressiv siyosatlari orqali xalqaro huquqni paymol qilganligini qayd etdi.

Mike Pompeo Shinjon-Uyg'ur muxtor viloyatida yuz bergan voqealar haqida ijtimoiy tarmoq orqali yozma ravishda bayonot berdi.  

Unda Xitoy tomonidan uyg’ularning ommaviy ravishda nazorat ostiga olish ishlarining davom etganligini eslatgan Pompeo,

Shinjondagi uyg’ur turklarining ommaviy ravishda nazorat ostiga olinishlari va ularning bedarak yo’qolishi haqidagi ishonchli ma’lumotlar kelishni davom etar ekan Xitoyni, ham xalqaro huquq, ham o’z qonunlarini paymol qilgan bu yo’ldan qaytishga chaqiraman” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o’tish joizki oxirgi yillarda uyg’ur turklari yashagan Shinjon-Uyg'ur muxtor viloyatida ta’lim markazi nomi ostida faoliyat olib borgan lagerlar orqali uyg’urlarning milliy kimligi va madaniyatiga qarshi yuritilgan bosimlar, xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqid qilinib kelinmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga a’zo 22 ta davlat, shu yilning 11-iyuli kuni Xitoynnig Shinjon-Uyg'ur muxtor viloyatidagi uyg’ular va boshqa etnik ozchiliklarga bo’lgan munosabati va ularni ommaviy ravishda qamoqqa olish ishlarining to’xtatilishiga chaqirib, bu borada qalamga olingan maktubga qo’l qo’ygandi.

Inson huquqlarini kuzatish tashkiloti hisobotiga ko’ra oxirgi 2 yil davomida Shinjon-Uyg'ur muxtor viloyatida ko’pchilik gunohsiz bo’lishiga qaramay nazorat ostiga olinganligi va siyosiy jihatdan xavfli deb baholangan shaxslarning sud qarorisiz "ularni to’plash uchun maxsus ajratilgsan lagerlar"ga yuborilganligi qayd etilgandi.

 



Aloqador xabarlar