Javod Zarif:“Maqsadimiz faqatgina o’z neftimizni sota olish va pulini undirish xalos...”

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif “Süddeutsche Zeitung” gazetasiga intervyu berdi.

1259751
Javod Zarif:“Maqsadimiz faqatgina o’z neftimizni sota olish va pulini undirish xalos...”

 

 

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif: “Biz faqatgina neftimizni sotib, pulini oladigan vaziyatda bo’lishni xohlaymiz xalos”,-dedi.

Vazir bu so’zlarni “Süddeutsche Zeitung” gazetasiga bergan intervyusida tilga oldi.

“Yadroviy kelishuvning ikki muhim jihati shuki, birinchisi Eron atom dasturidan faqatgina tinchliksevar maqsadlarda foydalanadi, ikkinchi jihati esa xalqaro hamjamiyat va ayniqsa kelishuv ishtirokchilarini Eronning dunyo bilan savdo munosabatlarini normallashtirishga zamin yaratishga majburlamoqda”,-deb aytgan Javod Zarif.

Vazirning ta’kidlashicha, Xalqaro Atom energiya tashkiloti Eronning o’z majburiyatlarini bajarganligini 15 marta tasdiqlagan. Biroq, Eronning xorij davlatlar bilan savdo munosabatlari yaxshilanmadi aksincha, avvalgidan ham yomon ahvolga keldi.

“Maqsadimiz faqatgina o’z neftimizni sota olish va pulini undirish xalos”,-deb aytgan Eron tashqi ishlar vaziri.

Uning fikricha, Yevropa davlatlari faqatgina kelishuvni qo’llab-quvvatlash bilangina cheklandi xalos. Erondagi insonlar o’z ishini, daromadini qo’ldan boy berdi.

“6 sentyabrda muzokaralar uchinchi bosqichga o’tadi. Agar, Yevropa bilan kelisha olsak va yevropaliklar yadroviy kelishuvga amal qila boshlasa kerakli qadamni tashlaymiz”,- deb aytgan Javod Zarif.

Yevropa 120 kun muhlat berganligini ma’lum qilgan Zarif: “Endi shaxdam qadam tashlashning vaqti yetib keldi”,-dedi.

Uning fikricha, AQSh Yevropaga o’z istaklarini bajarishga majburlay olmaydi, Yevropa bunga yo’l qo’ymasligi kerak.

 


 


Tanlangan kalimalar: #Javod Zarif , #Eron

Aloqador xabarlar