Makron Donald Tramp bilan Hasan Ruhoniyni o’zaro uchrashishga taklif qildi

Donald Tramp agar to‘g‘ri sharoitlar yuzaga kelsa, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.

1259097
Makron Donald Tramp bilan Hasan Ruhoniyni o’zaro uchrashishga taklif qildi

 

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh va Eron yetakchilari Donald Tramp bilan Hasan Ruhoniyni o’zaro uchrashishga taklif qildi.

“Buni amalga oshirish va o’zaro kelishib olishlari uchun sharoit yaratamiz”,-deb aytgan Makron.

Emmanuel Makron Fransiyaning Biarrits shahrida bo’lib o’tgan G7 sammitining yakuniy yig’ilishidan so’ng, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan matbuotga brifing berdi.

Makronning ta’kidlashicha, ushbu sammitdan umidlar juda katta. Quvonarlisi shuki, yetakchilar o’rtasida o’zaro birdamlik borligi kuzatilgan.

Uning so’zlariga ko’ra, AQSh kelgusi yil G7 sammitiga raislik qiladi.

Makron Tramp bilan 24 avgust shanba kuni tushki ziyofat vaqtida uchrashganligini va natijada bir qator muhim mavzular bo’yicha fikr almashganligini bildirdi.

“Eron yadroviy kelishuv bo’yicha majburiyatlarini bajarishi kerak. Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo’lmasligi kerak va mintaqada barqarorlikka tahdid solmasligi kerak”,-deb aytgan Makron brifing chog’ida.

Ruhoniy Makron bilan bo’lgan telefon orqali muloqotida, Eronning manfaatlariga mos kelgan taqdirda, har bir siyosiy yetakchi bilan uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.

Donald Tramp esa, brifingda G7 sammitini haqiqatdan ham muvaffaqiyatli deb baholadi.

Tramp agar to‘g‘ri sharoitlar yuzaga kelsa, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.

“Agar sharoitlar to‘g‘ri, ma’qul kelsa, men albatta, bunga rozi bo‘lardim”, -deb aytgan Tramp jurnalistlarning savollariga javoban.

Tramp: “Eron haqida hislarim juda yaxshi aslida. Juda ko’p eronlik do’stim bor. Ajoyib insonlar. Agar Eron hukumati yomon xatti-harakatlarini davom ettiradigan bo’lsa, juda dahshatli kuchga duch kelishi mumkin”,-deya Eronni ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar: #G7 , #Donald Tramp , #Emmanuel Makron , #Fransiya , #AQSh , #Eron

Aloqador xabarlar