Dmitriy Peskov Turkiya va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi haqida bayonot berdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ertaga Turkiya va Rossiya prezidentlarining Moskvada bo’lib o’tadigan uchrashuvida Suriyadagi vaziyat muhokama qilinishini ma’lum qildi.

1258766

Peskov ertaga Moskvada bo’lib o’tadigan uchrashuv tafsilotlari haqida bayonot berdi.

Turkiya va Rossiya yuqori darajada rivojlangan savdo-iqtisodiy munosabatlariga ega ekanligini tilga olgan Peskov: “Davlatlarimiz xatto harbiy-texnik hamkorlik kabi o’ta muhim sohalarda ham juda yaqin mustahkam munosabatlarga ega”,-dedi.

Peskov ikki davlat o’rtasida yirik loyihalar va muhim shartnomalar amalga oshirilganligini eslatib, “Bular siyosiy sohadagi muzokaralar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ertaga yetakchilar albatta Suriya, Ukraina va boshqa muhim mavzularni muhokama qiladi”,-dedi.

“Idlibdagi vaziyat ko’zda tutilganda buni tahmin qilish qiyin emas. Sochi kelishuvi asosida Turkiyaning mas’uliyati juda katta. Putin Turkiyaning Idlib xususidagi xavotirini anglab yetdi. Shuningdek terror guruhlarining faoliyatlaridan ham xavotirda”,-deya ilova qiladi Peskov.

Turkiya va Rossiya prezidentlari ertaga Moskvada amalga oshiriladigan MAKS-2019 Xalqaro aviatsiya va koinot yarmarkasining ochilishida ham ishtirok etadi.

Tanlangan kalimalar: #Dmitriy Peskov , #Suriya , #Putin , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar