Afg’onistonda NATO kuchlari yangilishlik bilan tinch aholini nishonga oldi

Afg’onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay NATOni tinch aholiga nisbatan sodir etayotgan hujumlarini darhol to’xtatishga chaqirdi.

1258497
Afg’onistonda NATO kuchlari yangilishlik bilan tinch aholini nishonga oldi

 

Afg’onistonning Logar viloyatida NATO kuchlariga oid harbiy samolyotlar yangilishlik bilan tinch aholini nishonga olgan.

Buning oqibatida 1 kishi halok bo’lgan, 4 kishi jarohatlangan.

Logar viloyati sho’ro raisi Hasibulloh Stanikzey ma’lum qilishicha, NATO kuchlariga oid harbiy samolyotlar “Tolibon” harakatiga qarshi operatsiya doirasida Logarning Babus qishlog’idagi tinch aholi uylarini portlatgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, hujumda 1 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan.

Afg’onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay NATOni tinch aholiga nisbatan sodir etayotgan hujumlarini darhol to’xtatishga chaqirdi.

NATO hodisa bilan bog’liq biron rasmiy bayonot bermadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #NATO , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar