Isroil G’azodagi “Hamas” harakatiga oid harbiy ob'yektlarga aviazarba berdi

Aviazarbalar G’azodan Isroilga otilgan raketalarga javoban sodir etilgan.

1256572
Isroil G’azodagi “Hamas” harakatiga oid harbiy ob'yektlarga aviazarba berdi

 

 

Isroil G’azodagi “Hamas” harakatiga oid bir qancha harbiy zonaga aviazarba berdi.

Bu haqda Isroil qo’shini kotibi Avichay Adraee ma’lum qildi.

“Isroilga oid harbiy samolyotlar G’azo shimolida “Hamas” harakatiga tegishli bir qancha harbiy ob’yektni nishonga oldi”,-deyiladi ma’lumotda.

Aviazarbalar G’azodan Isroilga otilgan raketalarga javoban sodir etilgan.

Eslatma: Isroil qo’shini kotibi Avichay Adraee kecha kechqurun G’azodan Isroilga raketa otilganligini va bunga javoban “Hamas” harakatiga oid harbiy ob’yektlar nishonga olinganligini ma’lum qilgandi.

G’azodan otilgan raketaning javobgarligini hech kim zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Hamas , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar