Nigeriya shimolidagi sel falokatida kamida 6 kishi halok bo’ldi
Mahalliy favqulodda vaziyatlar agentligi ma’lum qilishicha, sel falokati asosan Jigava shtatining Guri, Kirikassamma va Birnin Kudu hududlariga zarar bergan.
1255779
Nigeriya shimolidagi Jigava shtatida sodir bo’lgan sel falokatida kamida 6 kishi halok bo’ldi.
Mahalliy favqulodda vaziyatlar agentligi ma’lum qilishicha, sel falokati asosan Jigava shtatining Guri, Kirikassamma va Birnin Kudu hududlariga zarar bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, sel falokatida 6 kishi halok bo’lgan.
“Kuchli musson yomg’irlaridan so’ng ro’y bergan suv toshqinlari va selda ko’plab uy vayron bo’lgan. Ba’zi binolar qulab tushgan. Qurbonlar orasida homilador ayol va ikki bola ham bor”,-deb ma’lum qiladi mahalliy favqulodda vaziyatlar agentligi xodimi.