Nigeriyada sodir bo’lgan qurolli hujumda 17 kishi halok bo’ldi

Mamlakatda oxirgi yillarda avj olgan uyushgan jinoyatchi to’dalarning hujumlari oqibatida ko’plab begunoh insonlar halok bo’lmoqda.

1254893
Nigeriyada sodir bo’lgan qurolli hujumda 17 kishi halok bo’ldi

 

 

Nigeriyada sodir bo’lgan qurolli hujumda 17 kishi halok bo’ldi.

Mamlakat shimolidagi Katsina viloyati politsiya boshqarmasi kotibi Anas Gezava ma’lum qilishicha, kecha tunda va bugun tongda sodir etilgan hujumlarda Jibiada 4 nafar, Dantakurida 11 nafar va Danmusada 2 nafar kishi halok bo’lgan.

Hujumlar qishloq aholisiga oid bo’lgan chorva mollarini o’g’irlashga kelgan uyushgan to’dalar tomonidan sodir etilgan.

“Ba’zi insonlar chorva mollarini bermaslikka urinayotgan paytda o’ldirilgan”,-dedi Anas Gezava.

Mahalliy vakillar aholini odam o’g’irlash, talon-taroj va qurolli hujum kabi holatlarga qarshi xavfsizlik kuchlari bilan maslahatlashgan holda ish yuritishga chaqirdi.

Nigeriya politsiyasi uyushgan to’dani qo’lga olish uchun tezkor harakat boshlatdi.

Mamlakatda oxirgi yillarda avj olgan uyushgan jinoyatchi to’dalarning hujumlari oqibatida ko’plab begunoh insonlar halok bo’lmoqda.


Tanlangan kalimalar: #qurolli hujum , #Nigeriya

Aloqador xabarlar