Pokistonning Janubiy Vaziriston hududida portlash sodir etildi

Portlashda 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan.

1254134
Pokistonning Janubiy Vaziriston hududida portlash sodir etildi

 

Pokistonning Janubiy Vaziriston hududida sodir bo’lgan portlashda 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Pokiston razvedka boshqarmasi xodimlari ma’lum qilishicha, Janubiy Vaziristonning Ladha hududida yo’l chetiga joylashtirib ketilgan bomba xavfsizlik kuchlarining patrullik xizmati vaqtida portlagan. Portlashda 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan.

Hozircha portlashda javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan, biroq o’tmishda bu kabi portlashlar Pokistondagi “Tolibon” harakati tomonidan sodir etilganligi qayd etilgan.

Janubiy Vaziriston oxirgi yillarda qo’shinning hududda faollashishiga qadar “Mehsud” tashkilotining qal’asi bo’lib kelgan.

Kecha Pokiston janubi g’arbida joylashgan Ketta shahrida bir masjidda sodir etilgan portlashda 4 kishi halok bo’ldi, 20 kishi yaralandi.

 


Tanlangan kalimalar: #portash , #Janubiy Vaziriston , #Pokiston

Aloqador xabarlar