Asad rejimining Idlibga bo'lgan hujumi oqibatida 10 kishi halok bo'ldi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Rossiya tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish chegarasidagi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida tinch aholidan 10 kishi jon berdi.

1253093

Rejim kuchlari va uni qo’llab-quvvatlaganlar tomonidan Xon Shayhun va Marratinnuman tumani, Bidama shaharchasi, Marrithirme va Medaya qishloqlari bilan Hamaning shimolida Kefer Zita, Latamine tumanlari va Latmin qishlog’iga qarshi quriqlikdan va havodan uyushtirilgan hujum davom etmoqda.

Harbiy bo’lmagan (oq kaskaliklar) mudofaa guruhi yetakchisi Mustafa Yusuf,

“Kecha oqshom vaqtlaridan keyin havo hujumlari avj oldi. Rejim va uni qo’llab-quvvatlaganlarning hujumlari oqibatida tinch aholidan 10 kishi jon berdi” dedi.

Muxolifatlarga oid aviatsion observatoriyasi bilan Harbiy bo’lmagan manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra rus urush uchoqlarining kecha oqshom soatlaridan keyingi bombardimonida, Idlibning Marrithirme qishlog’idagi tibbiy markaz nishonga olingan.

Hujum oqibatida 3 kishi jon bergan. Ulardan biri mudofaa xizmati xodimi, 2 nafari esa tibbiy xodim bo’lgan.

Suriya Amerika Shifokorlar jamiyati a’zosi doktor Muhammad Kettub ham, yuqorida nomi tilga olingan hujumga to’xtalar ekan bu haqida, oqshom soatlarida bitta tibbiy markazning 17 marotaba nishonga olinganligini qayd etdi.

Kettub,

“Hujumda 1 nafar hamshira bilan tez yordam mashinasi haydovchisi vafot etdi. Tez yordam mashinasi ham foydalanishdan chiqdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aloqador xabarlar