Hindistondagi sel va tuproq ko’chkisi tufayli jon berganlar soni 201 nafarga yetdi

Hindistonning janubi va g’arbida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. Hatto shu tufayli yuz bergan sel va tuproq ko’chkisi oqibatida jon berganlar soni 201 nafarga yetdi.

1251987

Press Trust of India tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra Kerala, Karnataka, Maharashtra va Gujarat viloyatlari bosh bo’lish bilan birga mamlakatning bir necha viloyatida davom etgan yog’ingarchilik yo’l ochgan sel va tuproq ko’chkisi falokatlarida haftaning chorshanba kunidan e’tiboran 201 kishi jon bergan.

Rasmiylar, jon berganlar soni 76 nafarga yetgan Kerala viloyatida 50 kishining bedarak yo’qolganligini va haligacha ular haqida hech qanday ma’lumot olinolmaganligini shuningdek, qariyb 290 ming kishining sel qurbonlariga atab ochilgan lagerlarga ko’chirilganligini ma’lum qildi.

Maharashtra viloyatida 43 kishi sel tufayli jon berar ekan, Karnataka viloyatida 42 kishining jon berganligi, bedarak yo’qolgan 12 kishining topilishi uchun ham qidiruv va qutqaruv ishlarining davom etganligi qayd etildi.

Undan tashqari Gujarat viloyatida 31 kishi selda oqib jon bergan. Uttarakhand viloyatida esa tuproq ko’chkisi tufayli 6 kishi jon bergan. Ulardan biri ona bola bo’lib, onaning quchog’idagi farzandining 9 oylik ekanligi aniqlandi.

Jammu Kashmirda esa sel yuzasidan bir oiladan 3 kishining jon berganligi ma’lum qilindi.

Aloqador xabarlar