Suriyada, Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimini qo’llab-quvvatlagan Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida tinch aholidan 4 kishi jon berdi.

1250470
Suriyada, Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimini qo’llab-quvvatlagan Rossiya tomonidan, Idlibdagi taranglikni kamaytirish chegarasidagi turar-joy punktlariga qarshi kecha oqshom soatlarida uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 4 kishi jon berdi.  

Suriyada rejim va uni qo’llab-quvvatlaguvchilar mamlakatning Xon Shayxun tumani, Temaniya shaharchasi, Habit, Sukeyk, Kefersejne, Medaya va Ermanaya qishloqlari, Hamaning shimolidgi Kefer Zita, Latamina tumani bilan Latmin qishlog’iga qarshi oqshom soatlarida quriqlikdan va havodan og’ir hujum uyushtirdi.  

Muxolifatlarga oid aviatsion observatoriyasi bilan harbiy bo’lmagan mudofaa (oq kaskaliklar) manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra rus urush uchoqlarining bombardimonida Idlibning Xon Shyahun tumanida 3, Hamaning Latmin qishlog’ida 1 kishi jon bergan.

Harbiy bo’lmagan mudofaa guruhi vayrona ostidagi qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini davom ettirmoqda.



Aloqador xabarlar