Jeffrey: “Arbildagi turk diplomatlardan birini o’ldirgan PKK xavfi masalasida tashvishdamiz”.

AQShning Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili James Jeffrey, Tashqi ishlar vazirligida jurnalistlar savoliga javob berar ekan Turkiyaning PKK terror tashkiloti haqidagi qayg’ularidan xabardor ekanliklarini belgilab o’tdi.

1247064
Jeffrey: “Arbildagi turk diplomatlardan birini o’ldirgan PKK xavfi masalasida tashvishdamiz”.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili James Jeffrey, Turkiya bilan Suriya chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan “xavfsiz hudud” masalasi ustidan olib borilgan uchrashuvlarning davom etganligini va uning terangligi masalasida hali hanuz kelishib olinmaganligini qayd etdi.  

Jeffrey, AQSh Tashqi ishlar vazirligida bo’lib o’tgan haftalik matbuot anjumanida jurnalistlar savoliga javob berar ekan Turkiyaning PKK terror tashkiloti haqidagi qayg’ularidan xabardor ekanliklarini belgilab o’tgan holda,

“Oldingi hafta Arbildagi turk diplomatlardan birini o’ldirgan PKK xavfi masalasida tashvishdamiz” dedi.

James Jeffrey, Suriya Demokratik kuchlarining xavfsizligiga bog’liq ekanliklarini ham qayd etdi.

Turkiya bilan xavfsiz hududning terangligi masalasida kelisholmaganliklarini, bu boradagi uchrashuvlarning davom etganligini eslatib o’tgan James Jeffrey,

DEASh terror tashkilotining ham xalqaro miqyosda xavfining davom etganligini, terror tashkilotining Idlib va Firat daryosining janubi doxil ba’zi mintaqalarda borligini ifoda etdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #James Jeffrey , #xavfsiz hudud , #PKK xa

Aloqador xabarlar