AQSh Braziliyani “NATOga a’zo bo’lmagan bosh ittifoqdosh” sifatida tan oldi

Braziliya bundan buyon “NATOga a’zo bo’lmagan bosh ittifoqdosh” sifatida AQSh uchun ayniqsa, mudofaa sohasida birinchi o’rindagi davlatlar qatoridan joy oladi.

1245908
AQSh Braziliyani “NATOga a’zo bo’lmagan bosh ittifoqdosh” sifatida tan oldi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Braziliyani rasman “NATOga a’zo bo’lmagan bosh ittifoqdosh” sifatida tan olinganligini e’lon qiluvchi memorandumni qabul qildi.

Tramp shu bilan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga yuborgan hujjat asosida Braziliyaga doir avval ma’lum qilgan rejasini rasmiylashtirdi.

Braziliya bundan buyon “NATOga a’zo bo’lmagan bosh ittifoqdosh” sifatida AQSh uchun ayniqsa, mudofaa sohasida birinchi o’rindagi davlatlar qatoridan joy oladi.

Shuningdek, Braziliya AQSh mudofaa vazirligi tomonidan tashkil qilingan qurol bo’yicha tenderlarda ishtirok etish va AQSh qo’shini bilan birga harbiy mashg’ulotlarga qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Tramp may oyida kongressga yuborgan maktubida “1961 yilgi Tashqi yordamlar qonunining 517-moddasiga binoan, Braziliyani “NATOga a’zo bo’lmagan bosh ittifoqdosh” sifatida tan olish niyatimni bayon etyabman”,-deb yozgandi.

Braziliya Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya kabi “NATOga a’zo bo’lmagan bosh ittifoqdosh” kategoriyasiga ilova qilingan so’ngi davlat bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar