Kaliforniyadagi festivalda ro'y bergan otishmada 3 kishi halok bo'ldi

Amerikaning Kaliforniya shtati San-Xose shahrida o‘tkazilayotgan Gilroy Garlic taomlar festivalida noma’lum shaxs odamlarga qarata o‘q uzgan.

1244351
Kaliforniyadagi festivalda ro'y bergan otishmada 3 kishi halok bo'ldi

 

Kaliforniyadagi festivalda yuz bergan otishma oqibatida dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, kamida 3 kishi halok bo‘ldi.

Amerikaning Kaliforniya shtati San-Xose shahrida o‘tkazilayotgan Gilroy Garlic taomlar festivalida noma’lum shaxs odamlarga qarata o‘q uzgan.

Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan,12 kishi jiddiy jarohat olgan.

Guvohlarning aytishicha, odamlarga qarata o‘q uzgan erkak taxminan 20 yoshlarda.

Politsiya voqea yuzasidan tergov-surishtiruv harakatini boshladi.

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #festival , #Kaliforniya , #AQSh

Aloqador xabarlar