Iroqda yirik dengiz-harbiy bazasi qurilmoqda

Iroq mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Iroqning Basra viloyatida yangi yirik dengiz-harbiy bazasi qurilmoqda.

1244163
Iroqda yirik dengiz-harbiy bazasi qurilmoqda

 

Iroqda yirik dengiz-harbiy bazasi qurilmoqda.

Bu haqda Iroq mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Iroqning Basra viloyatida yangi yirik dengiz-harbiy bazasi qurilmoqda.

Iroq mudofaa vaziri Nejah ash-Shammariy ma’lum qilishicha, Buyuk Fav portida qurilishi davom etayotgan dengiz-harbiy bazasidagi jarayonni ko’zdan kechirish maqsadida bir guruh hay’at bilan Basraga keldi.

Basra operatsiyalar qo’mondonligi boshlig’i general-polkovnik Qosim an-Nizal va dengiz kuchlari qo’mondoni general-polkovnik Ahmad Marik tomonidan kutib olingan mudofaa vaziri Shammariy dengiz-harbiy bazasidagi qurilish jarayoni haqida ma’lumot oldi.

Ta’kidlanishicha, Basradagi Buyuk Fav porti mamlakatning eng yirik harbiy dengiz bazasiga aylanadi.

Ushbu bazaning qurilishi qachon boshlanganligi va hajmi haqida ma’lumot berilmadi.

Iroq dengizga sohildosh joylashgan yagona viloyati Basra orqali Basra ko’rfasiga qadam bosmoqchi.

Bog’dod hukumati mamlakatning eng yirik daromad manbai bo’lgan hom neftning katta qismini Basra ko’rfazi orqali xorijga eksport qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #dengiz-harbiy bazasi , #Basra , #Iroq

Aloqador xabarlar