Moskvada o’tkazilgan mitingda taxminan 300 kishi qo’lga olindi

Qo’lga olingan 300 namoyishchi jamoatchilik tartibini buzganlikda ayblanmoqda.

1243616
Moskvada o’tkazilgan mitingda taxminan 300 kishi qo’lga olindi

 

Rossiya poytaxti Moskva shahrida o’tkazilgan mitingda taxminan 300 kishi qo’lga olindi.

Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Moskva shahrida ruxsat berilmagan mitingga taxminan 3500 kishi qatnashgan. Mitingda 300 atrofida namoyishchi qo‘lga olingan. Ular Moskva davlat dumasi saylovlarida muxolifat vakillariga ham ruxsat berilishini talab qilishmoqda. Qo’lga olingan 300 namoyishchi jamoatchilik tartibini buzganlikda ayblanmoqda.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, qo’lga olinganlar orasida mustaqil nomzodlardan rus muxolif Aleksey Navalniy tomonidan tuzilgan “Qonunbuzarlikka qarshi kurash fondi” advokati Lubov Sobol, Ilya Yashin, Yuliya Galyamina, Ivan Jdavon va Dmitriy Gudkov ham bor.

Muxolif Aleksey Navalniy bundan avval namoyish o’tkazish qoidalarini buzganlikda ayblanib, 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum etilgandi.

Moskva davlat dumasi saylovlarida mustaqil nomzodlarga ruxsat berilmaganligi tufayli, o’tgan hafta o’tkazilgan mitingda Navalniy xalqni Moskva meriyasi oldida miting o'tkazishga chaqirgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #miting , #Moskva , #Rossiya

Aloqador xabarlar