Rossiya, Sharqiy O’rta yer dengizida Turkiya bilan hamkorlik qilishi mumkin

Rossiyaning energetika vaziri Aleksandr Novak, Antaliyada Turkiya-Rossiya Qo'shma iqtisodiy komissiyaning navbatdagi yig’ilishida ishitorok etishdan oldin, “Anadolu” axborot agentligi intervyu berdi. Unda ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatni baholadi.

1243063
Rossiya, Sharqiy O’rta yer dengizida Turkiya bilan hamkorlik qilishi mumkin

Rossiyaning energetika vaziri Aleksandr Novakning qayd etishicha, O’rta yer dengizida savdo jihatidan hamma tomonning manfaatiga xizmat qiladigan loyihalar tuzilgudek bo’lsa unda rus firmalari Sharqiy O’rta yer dengizida Turkiya bilan hamkorlik qilish haqida qarorlar qabul qilishi mumkin.

Novak bugun Turkiyaning Antaliya viloyatida Turkiya-Rossiya Qo'shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi yig’ilishida ishitorok etishdan oldin, “Anadolu” axborot agentligi intervyu berdi. Unda ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatni baholadi.

O’z so’zida rus gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berishi rejalashtirilgan Turk oqimi va Mersin Akkuyu Atom elektr stantsiyasi kabi loyihalarning yo’lga qo’yilishi bilan iqtisodiy va savdo tarmoqlarida yangi hamkorlik imkonlarining tug’ilishi mumkinligini belgilab o’tdi.

Akkuyu Atom elektr stantsiyasida Turkiya va Rossiya o’rtasidagi hamkorlikning muhim ekanligini ta’kidlagan Novak,

“Loyihada qurilish ishlari uzluksiz davom etmoqda va uning 2023-yili xizmatga tushishini kutyapmiz. Loyihaning qurilish ishlari ustidan sarflanadigan chiqimi jihatidan hamma masalalar hal qilindi” dedi.  

O’rta yer dengizida Rossiya bilan Turkiya o’rtasida hamkorlik qilinishi mumkin bo’lgan masalalarni baholagan Novak,

“O’rta yer dengizida rus firmalari o’rin olgan muvaffaqiyatli energetika loyihalari bor. Agarsavdo jihatidan hamma tomonning manfaatiga xizmat qiladigan loyihalar tuzilgudek bo’lsa unda rus firmalari Sharqiy O’rta yer dengizida Turkiya bilan hamkorlik qilish haqida qarorlar qabul qilishi mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar