Liviya qirg’oqlaridan uzoq nuqtada, yana immigrantlar fojiasi yuz berdi

Liviya qirg’oqlaridan uzoq nuqtada, yana immigrantlar fojiasi yuz berdi. Oqibatida ko'pchilikning bedarak ekanligi aniqlandi.

1242696
Liviya qirg’oqlaridan uzoq nuqtada, yana immigrantlar fojiasi yuz berdi

Liviya qirg’oqlaridan uzoq nuqtada immigrantlarni tashigan qayiqning to’ntarilishi oqibatida 145 kishi qutqarilar ekan 150 kishining bedarak ekanligi ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan Twitter orqali “Shoshilinch xabar” degan kod bilan qoldirilgan postga ko’ra O’rta yer dengizining Liviya qirg’oqlaridan uzoq nuqtada, immigrantlarni tashigan qayiq to’ntarilib ketgan.

Eng dahshatlisi shundaki qayiqdagi immigrantlardan atigi 145 nafari qutqarib qolingan. Qolgan qariyb 150 nafari esa bedarak.

Italiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotga ko’ra qutqarilganlar, qayiqda qariyb 300 kishining borligini qayd etgan.

 



Aloqador xabarlar