Isroil askarlari ishg’ol ostidagi G’arbiy qirg’oqda falastinlik 23 kishini qo’lga oldi

Ishg’ol ostidagi G’arbiy qirg’oq va sharqiy Quddusda vaqti-vaqti bilan uylarga bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari turli iddaolar bilan falastinliklarni qo’lga olmoqda.

1241642
Isroil askarlari ishg’ol ostidagi G’arbiy qirg’oqda falastinlik 23 kishini qo’lga oldi

 

Isroil askarlari ishg’ol ostidagi G’arbiy qirg’oqda falastinlik 23 kishini qo’lga oldi.

Bu haqda Isroil qo’shini yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, G’arbiy qirg’oqning turli hududlarida amalga oshirilgan bosqinlarda terrorchilik harakatlariga aloqadorlikda gumon qilingan falastinlik 23 kishi qo’lga olingan.

Ishg’ol ostidagi G’arbiy qirg’oq va sharqiy Quddusda vaqti-vaqti bilan uylarga bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari turli iddaolar bilan falastinliklarni qo’lga olmoqda.

Bu kabi holatlar tobora oddiy holga aylanib bormoqda. Xatto, qo’lga olinganlar orasida yosh bolalar va ayollarni ham uchratish mumkin.

Falastin rasmiy manbalariga ko’ra, xozirda Isroil qamoqxonalarida 5000 dan ortiq falastinlik mavjud bo’lib, bulardan 500ga yaqini siyosiy mahkum, 220 nafari yosh voyaga yetmagan bolalarni tashkil qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Al-Quddus , #Isroil

Aloqador xabarlar