Janubiy Koreya Rossiyani havo hududini buzganlikda aybladi

Janubiy Koreya Rossiyaga oid harbiy samolyotlar mamlakat havo hududlarini buzib o’tganligi haqida bayonot berdi.

1240613
Janubiy Koreya Rossiyani havo hududini buzganlikda aybladi

 

Janubiy Koreya Rossiyaga oid harbiy samolyotlar mamlakat havo hududlarini buzib o’tganligi haqida bayonot berdi.

Bu haqda Yonhap nashri xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Janubiy Koreya mudofaa vazirligi Rossiyaga oid uch nafar harbiy samolyot Koreya havo mudofaa hududiga kirgan.

Janubiy Koreya harbiy havo kuchlariga tegishli qiruvchi samolyotlar trevoga bilan koʻtarilgan va Rossiyaga oid harbiy samolyotlarga nisbatan ogohlantiruvchi oʻqlar qoʻllanilgan.

Bundan tashqari, Xitoyga oid ikki harbiy samolyot ham Koreya havo hududida boʻlgan.

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi bayonot berishicha, Xitoy va Rossiyaning bu qonunbuzarligi tufayli tegishli tashkilotlarga shikoyat qilinadi.

Janubiy Koreya rasmiylari ma’lum qilishicha, Rossiya va Xitoyga oid samolyotlar mamlakat havo hududlariga qastdan kirib yoki kirmaganligi hali aniqlanmadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #havo hududi , #Xitoy , #Janubiy Koreya , #Rossiya

Aloqador xabarlar